Xarita va posterlar
Körazmali materiallar taʼlim j arayonining muhim qismi hisoblanadi. «Iqlim qutiçasi» taʼlim töplamiga iqlim özgarishining taʼsir va oqibatlarini yoritib beradigan, şuningdek, uning oldini oliş va unga moslaşiş yollarini körsatadigan turli ilustrativ materiallar ham kiritilgan.
Iqlim özgarishi xaritasi
Nima uçun iqlim özgarishiga qarşi çora köriş muhim? Agar öz vaqtida zarur çoralar körilmasa, qanday oqibatlar yuzaga kelişi mumkin?
Uşbu xaritada işxona gazlari çiqindilarini kamaytiriş böyiça yetarli çoralar körilmagan taqdirda, XXI asr oxiriga kelib atrof-muhit va insonlar hayotiga jiddiy salbiy taʼsir körsatişi mumkin bölgan iqlim özgarishining oqibatlari aks ettirilgan.
«Iqlim özgarishiga qanday bardoş beriş mumkin?» plakati
Iqlim özgarishi oqibatlariga moslaşiş chidamli va barqaror kelajakni barpo etişning muhim şertidir. Uşbu plakatda chidamlilikni oşiriş, odamlar va atrof-muhitni iqlim bilan boğliq xavflardan himoya qiliş uçun oddiy va amaliy qadamlar taklif etiladi.
«CO2ni asrang! Qisqartiring! Qatnaşing!» plakati
Uglerod izini kamaytirişda har bir kichik qadam muhim ahamiyatga ega. Uşbu plakatda kundalik hayotda oson qöllaş mumkin bölgan amaliy tavsiyalar keltirilgan bölib, ular atrof-muhitga bölgan taʼsirni kamaytiriş hamda yanada barqaror kelajakka hissa qoşişga yordam beradi.