Taʼlim
Bolalar va yoşlar
Öqituvçilar
Öquv materiallari töplami
Sinfdan taşqari ta’lim
Çegaralarsiz
“Iqlim qutiçasi” platformasiga xuş kelibsiz!
Iqlim özgarişi endilikda uzoq kelajakdagi tahdid emas — u bugungi hayotimizning inkor etib bölmaydigan haqiqatiga aylangan. Uning ta’siri oqibatlari butun dunyoda tobora kuçaymoqda. Yoş avlodning bu inqirozni bartaraf etişda bugun ham, kelajakda ham muhim qarorlar qabul qiluvçi sifatida faol iştirok etişi nihoyatda muhimdir. Yoşlarning salohiyatini oşirişda esa taʼlim hal qiluvçi ahamiyatga ega.
«Iqlim qutiçasi» yoşlarning zarur bilim va könikmalarni egallaşiga, iqlim özgarishi bilan boğliq muammolarni çuqurroq anglaşiga hamda ongli va masʼuliyatli qarorlar qabul qilişiga yaqindan yordam beradi. BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan işlab çiqilgan uşbu interaktiv va qiziqarli taʼlim dasturi maktab öquvçilariga iqlim özgarishi bilan boğliq muammolarni örganiş, ularning sabab va oqibatlarini tuşuniş hamda yeçim yollarini izlaş imkonini beradi.
«Iqlim qutiçasi» töplamiga, şuningdek, iqlim özgarishiga oid turli mavzular böyiça bilimlarni sinaş va mustahkamlaşga möljallangan «Iqlim viktorinasi» ham kiradi. U 100 ta savol kartasidan iborat bölib, har bir savol uçun bir neçta javob varianti taqdim etilgan. Savollar «Iqlim qutiçasi» qöllanmasining uçta asosiy bölimiga muvofiq mavzular böyiça guruhlangan.
«Iqlim qutiçasi» töplamiga, şuningdek, iqlim özgarishining taʼsir va oqibatlari, şaxsiy uglerod1 izini kamaytiriş hamda iqlim özgarishiga moslaşiş böyiça amaliy tavsiyalar aks ettirilgan körazmali plakatlar ham kiradi.
Öquvçilar va öqituvçilarni tobora kuchayib borayotgan iqlim inqiroziga qarşi faol harakat qilişga undaş maqsadida yaratilgan interaktiv taʼlim materiallari va batafsil qöllanmalar töplamimiz bilan tanişing.
«Iqlim qutiçasi» taʼlim töplami
«Iqlim qutiçasi» öquv qöllanmasi orqali iqlim özgarishining sabablari, taʼsir va oqibatlari hamda ularni bartaraf etiş yollarini örganing. Töplamga, şuningdek, iqlim özgarishining oqibatlari aks ettirilgan dunyo xaritasi, iqlim özgarishiga moslaşiş va uning oqibatlarini yumşatiş böyiça tavsiyalar berilgan plakatlar hamda bilimlaringizni sinaş uçun interaktiv viktorina ham kiradi.
Öqituvçilar
Iqlim taʼlimini öquv dasturlariga integratsiya qiliş böyiça yöriqnomalar, dars işlanmalari, loyiha ğoyalari va sinfdan taşqari maşğulotlar uçun materiallar bilan tanişing. Uşbu bölimda öqituvçilar uçun metodik qöllanma va qöşimça taʼlim resurslari ham taqdim etilgan.
Bolalar va yoshlar
Iqlim viktorinalari: Iqlim özgarishi haqida köp narsani bilaman deb öylaysizmi? Unda interaktiv viktorinalarimiz orqali bilimingizni sinab köring! Iqlim özgarishining sabablari va oqibatlaridan tortib, unga qarşi kuraşişning amaliy yeçimlarigaça bölgan turli mavzular böyiça bilimlaringizni sinang va yanada boyiting.
Faoliyat va tadbirlar
Iqlim taʼlimini rivojlantirişga qaratilgan seminarlar, treninglar, tanlovlar va boşqa tadbirlar haqida maʼlumot oling. Sönggi yangiliklardan xabardor böling, yangi imkoniyatlarni kaşf eting hamda tadbirlarimizdan olingan fotosuratlar va videolavhalarni tomoşa qiling.
Bilimingizni sinab köring
Iqlim özgarişi haqida köp narsani bilaman deb öylaysizmi? Interaktiv viktorina orqali bilimingizni sinab köring! U iqlim özgarişining sabablari, oqibatlari va amaliy yeçimlariga oid muhim mavzularni qamrab oladi.